Hurmatli abonentlar!
So‘nggi vaqtlarda noma’lum raqamlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani va ular davomida TPS kompaniyasi go‘yoki o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida yolg‘on ma’lumotlar berilayotgani haqida xabarlar kelib tushmoqda.
Rasmiy ravishda ma’lum qilamiz:
TPS kompaniyasi odatdagi tartibda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va Internet tarmog‘iga kirish xizmatlarini to‘liq hajmda ko‘rsatmoqda. Abonentlar oldidagi barcha majburiyatlar amaldagi shartnomalarga muvofiq bajarilmoqda.
E’tiboringizni qaratamiz:
TPS kompaniyasi chiqish qo‘ng‘iroqlarini faqat rasmiy +998 78 150-00-00 raqami orqali amalga oshiradi.
Biz hech qachon telefon orqali parollar, tasdiqlash kodlari, bank ma’lumotlari yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaymiz.
Iltimos, bunday qo‘ng‘iroqlarga ishonmang va shubha tug‘ilganda faqat rasmiy aloqa kanallari orqali biz bilan bog‘laning.