Hurmatli abonentlar!
Biz xizmatlarimizni doimiy ravishda takomillashtirib, yanada zamonaviy va yuqori tezlikdagi yechimlarni taqdim etishga intilamiz. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishini inobatga olib, kompaniyamiz tezlik va barqarorlikka qo‘yilayotgan yuqori talablarni qondiradigan tariflar qatoriga e’tibor qaratishga qaror qildi.
Sizlarga ma’lum qilamizki, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab «Turbo 20», «Turbo 50» va «Turbo 50 + TV» tarif rejalari barcha hududlarda yangi ulanishlar va o‘tishlar uchun to‘liq yopiladi.
Muhim ma’lumotlar:
«Turbo 20», «Turbo 50» va «Turbo 50 + TV» tariflariga ulangan amaldagi abonentlar ularni avvalgi shartlarda ishlatishda davom etadilar.
Qolgan tarif rejalari esa mavjud bo‘lib, o‘zgarishsiz ishlashda davom etadi.
Biz bilan qolayotganingiz uchun tashakkur! Biz internetni yanada tezkor, ishonchli va qulay qilishda davom etamiz.